2023-yil 7-fevral kuni “SQB Insurance” sug‘urta kompaniyasi xalqaro miqyosda hamkorlik qilish va ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari ko‘lamini kengaytirish maqsadida Fransiyaning “Scor” qayta sug‘urta guruhi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, muzokaralar davomida kompaniyalar qayta sug’urtalash faoliyati, xodimlarni o’qitish va sug’urta bozori bilan bog’liq bir qator boshqa masalalarni muhokama qildilar.