“SQB Insurance” SK” AJning korporativ uslubiga mos ravishda mahsulotlar (korporativ sovg‘a to‘plamlari)ni buyurtma qilish va xarid qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon

««SQB Insurance» SK» AJ kompaniyaning korporativ uslubiga mos ravishda korporativ sovg‘a to‘plamlari va boshqa brendlangan mahsulotlarni tayyorlash hamda yetkazib berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.

Tanlov predmeti:
««SQB Insurance» SK» AJning korporativ uslubiga muvofiq korporativ sovg‘a to‘plamlari va boshqa brendlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish, buyurtma asosida tayyorlash hamda yetkazib berish.

Asosiy tanlov mezonlari:

  • korporativ va suvenir mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha tajriba;
  • individual dizayn asosida mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati;
  • mahsulotlarning yuqori sifati;
  • belgilangan muddatlarda tayyorlash va yetkazib berish;
  • raqobatbardosh narxlar.

Takliflar mazkur e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida qabul qilinadi.

Aloqa uchun:
Tel.: +998 (71) 202-55-05
E-mail: info@sqbinsurance.uz