««SQB Insurance» SK» AJ uchun korporativ sovg‘a to‘plamlarini yetkazib berish bo‘yicha tashkilotlarni tanlab olish o‘tkazilishi haqida e’lon
««SQB Insurance» SK» AJ korporativ sovg‘a to‘plamlarini yetkazib berish bo‘yicha manfaatdor tashkilotlarni tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi.
Tanlov predmeti:
««SQB Insurance» SK» AJ buyurtmasi asosida quyidagi korporativ sovg‘a to‘plamlarini tayyorlash va yetkazib berish:
-
Korporativ sovg‘a to‘plami — kompaniya logotipi tushirilgan individual quti (futlyar) ichida 3 ta buyum: kundalik daftar, ruchka va termokrujka.
-
Ikki kishilik chinni (Bone China) sovg‘a to‘plami — oltin qoplamali dastali 2 ta finjon, 2 ta dekorativ likopcha, 2 ta choy qoshig‘i va sovg‘a qutisi. Jami 6 ta buyum.
-
Bir kishilik chinni (Bone China) sovg‘a to‘plami — qopqoqli va oltin qoplamali dastali finjon, dekorativ likopcha, choy qoshig‘i va sovg‘a qutisi. Jami 3 ta buyum.
-
Premium darajadagi korporativ sovg‘a to‘plami — noutbuk va hujjatlar uchun tabiiy teridan tayyorlangan sumka hamda avtomatik isitish funksiyasiga ega portativ kapsulali kofemashina. «Quti (futlyar) + sumka» ko‘rinishidagi 2 tasi 1 da funksiyali to‘plam.
-
ECO korporativ sovg‘a to‘plami — kompaniya logotipi tushirilgan individual qutida 4 ta buyum: ECO-kundalik daftar, ECO-ruchka, ECO-krujka va simsiz zaryadlash qurilmasi (Power Bank).
Mahsulotlarning texnik xususiyatlari tanlov hujjatlarida to‘liq aks ettirilgan.
Tanlovning asosiy mezonlari:
-
korporativ sovg‘a mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha tegishli tajribaga ega bo‘lish;
-
mahsulotlarning sifati va belgilangan texnik talablarga muvofiqligi;
-
kompaniya logotipini belgilangan dizayn asosida aks ettirish imkoniyati;
-
sifatli qadoqlash va taqdimot ko‘rinishini ta’minlash;
-
belgilangan talab va muddatlarga rioya qilish.
Takliflar ushbu e'lon chop etilgan kundan boshlab 2026-yil 16-Noyabr qadar elektron shaklda qabul qilinadi.
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
Tel.: +998 (71) 202-55-05
E-mail: info@sqbinsurance.uz