“SQB Insurance” sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining tomonidan qarzdorliklarni undirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tashkilotlarni tanlab olish o‘tkazilishi haqida e’lon
“SQB Insurance” sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining tomonidan kredit tashkilotlariga (banklarga) to‘lab berilgan sug‘urta tovonlari natijasida subrogatsiya (regress) huquqi asosida yuzaga kelgan qarzdorliklarni undirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tashkilotlarni tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi.
Tanlov predmeti:
“SQB Insurance” sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining tomonidan kredit tashkilotlariga (banklarga) sug‘urta tovonlari to‘lab berilishi natijasida subrogatsiya (regress) huquqi asosida yuzaga kelgan qarzdorliklarni undirish xizmatlarini ko‘rsatish.
Bunda sud qarori qonuniy kuchga kirgan, biroq ijro jarayonida undirilmagan, ya’ni 40.1.3 asosi bilan qaytarilgan qarzdorliklar nazarda tutiladi.
Tanlovning asosiy mezonlari:
-
tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun zarur tajriba va malakaga ega bo‘lish;
-
qarzdorliklarni undirish sohasida amaliy tajribaga ega bo‘lish;
-
malakali mutaxassislarning mavjudligi;
-
ko‘rsatiladigan xizmatlarning yuqori sifati;
-
belgilangan talab va muddatlarga rioya qilish.
Takliflar ushbu e'lon chop etilgan kundan boshlab 2026-yil 14-Sentabrga qadar elektron shaklda qabul qilinadi.
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
Tel.: +998 (71) 202-55-05
E-mail: info@sqbinsurance.uz