««SQB Insurance» SK» AJ uchun server uskunasini yetkazib berish bo‘yicha tashkilotlarni tanlab olish o‘tkazilishi haqida e’lon

««SQB Insurance» SK» AJ server uskunasini yetkazib berish bo‘yicha manfaatdor tashkilotlarni tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi.

Tanlov predmeti:

««SQB Insurance» SK» AJ ehtiyojlari uchun quyidagi texnik xususiyatlarga ega server uskunasini yetkazib berish:

  • Form-faktori: 2U dan oshmagan, standart 19 dyuymli server javoniga o‘rnatish uchun (Rackmount).

  • Protsessorlar: x86-64 arxitekturasi, ishlab chiqarilgan sanasi 2024-yildan oldin bo‘lmagan, kamida 48 ta jismoniy yadro va 96 ta oqim, tezligi kamida 3 GHz, protsessor soketlari soni 2 tadan oshmasligi kerak.

  • Operativ xotira: DDR5 ECC Reg, hajmi kamida 1 TB, tezligi kamida 6000 MHz.

  • Ichki ma’lumot saqlash qurilmalari: SSD turidagi disklar, umumiy hajmi kamida 46 TB, SAS ulanish interfeysi, o‘tkazish qobiliyati kamida 6 Gbit/s.

  • Disk kontrolleri: RAID 0, 1 va 10 rejimlarini qo‘llab-quvvatlashi kerak.

  • Tarmoq interfeyslari: kamida 4 ta Gigabit Ethernet porti.

  • Elektr ta’minoti: Platinum samaradorlik darajasiga ega, issiq almashtiriladigan (Hot-Swap) 2 ta quvvat manbai.

  • O‘rnatish to‘plami: serverni standart 19 dyuymli javonga o‘rnatish uchun maxsus to‘plam.

  • Kafolat: kamida 3 yil, 9×5 rejimida texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga olishi kerak.

Tanlovning asosiy mezonlari:

  • server uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha tegishli tajribaga ega bo‘lish;

  • taklif etilayotgan uskunaning belgilangan texnik talablarga to‘liq muvofiqligi;

  • yetkazib beriladigan uskunaning sifati va ishonchliligi;

  • kafolat va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarining mavjudligi;

  • belgilangan talablarga va yetkazib berish muddatlariga rioya qilish.

Takliflar ushbu e'lon chop etilgan kundan boshlab 2026-yil 16-Noyabrga qadar elektron shaklda qabul qilinadi.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Tel.: +998 (71) 202-55-05
E-mail: info@sqbinsurance.uz