««SQB Insurance» SK» AJ uchun poligrafiya mahsulotlarini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tashkilotlarni tanlab olish o‘tkazilishi haqida e’lon
««SQB Insurance» SK» AJ poligrafiya mahsulotlarini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha manfaatdor tashkilotlarni tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi.
Tanlov predmeti:
««SQB Insurance» SK» AJ buyurtmasi va dizayni asosida quyidagi poligrafiya mahsulotlarini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatish:
-
Qog‘oz paketlar — A4 o‘lchamdagi va 400 × 480 × 160 mm o‘lchamdagi paketlar. Bo‘rlangan karton, laminatsiya, qisman UF-lak, rangli bosma, mustahkamlangan taglik va tutqichlar bilan.
-
2027 yil uchun 3 seksiyali devor taqvimi — uchta taqvim bloki, yuqori poster, metall prujina, metall pikkolo va sana ko‘rsatkichi bilan.
-
2027 yil uchun stol taqvimi — «Uycha» shaklida, 240 × 170 mm o‘lchamda, metall prujinali muqova va 13 ta ichki varaq bilan.
-
Kompaniya logotipi tushirilgan sharikli ruchkalar — oq rangli plastik korpus, avtomatik mexanizm, metall klip va UF-bosma bilan.
-
Kubariklar — 95 × 95 mm o‘lchamdagi, 500 varaqdan iborat blok, kompaniya logotipi tushirilgan karton qutida.
-
Chontakli papkalar — A4 formatda, bo‘rlangan karton, barxat laminatsiya va qisman UF-lak bilan.
-
A5 formatdagi bloknotlar — 50 varaq, kompaniya logotipi tushirilgan, metall prujinali muqova bilan.
Barcha mahsulotlar Buyurtmachining dizayni va texnik talablariga muvofiq tayyorlanadi. Chop etishdan avval sinov nusxasi (signal nusxasi) Buyurtmachiga tasdiqlash uchun taqdim etilishi lozim. Taqvimlar uchun ijrochi tomonidan uch xil dizayn varianti ishlab chiqilib, Buyurtmachiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Tanlovning asosiy mezonlari:
-
poligrafiya mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha tegishli tajriba va malakaga ega bo‘lish;
-
zamonaviy bosma uskunalari va texnologiyalaridan foydalanish;
-
mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlash;
-
Buyurtmachining dizayni va texnik talablariga rioya qilish;
-
belgilangan muddatlarda xizmatlarni bajarish.
Takliflar ushbu e'lon chop etilgan kundan boshlab 2026-yil 18-Sentabr qadar elektron shaklda qabul qilinadi.
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
Tel.: +998 (71) 202-55-05
E-mail: info@sqbinsurance.uz